Orangutang o‘rmonni yo‘q qilayotgan buldozerni to‘xtatmoqchi bo‘ldi (video)
Indoneziyada orangutang o‘rmonni yo‘q qilayotgan buldozerni to‘xtatmoqchi bo‘ldi. Ushbu holat videoda qayd qilingan.
Hayvonlarni qutqarish bilan shug‘ullanuvchi International Animal Rescue (IAR) tashkilotining Facebook’da ma'lum qilishicha, rolik 2013 yilda suratga olingan, biroq uni o‘tgan hafta e'lon qilishga qaror qilingan.
Videoda maymun ag‘darilgan daraxt tanasi bo‘ylab buldozer tomon borib, uning kovshini ushlashga urinayotgani, biroq mashinist kovshni ko‘tarishi oqibatida maymun muvozanatini yo‘qotib, yiqilib tushganini ko‘rish mumkin. Shundan keyin maymun buldozer kabinasi tomon yo‘naladi, biroq shunda IAR faollari maymunni to‘xtatishga qaror qilib, unga uxlatuvchi vositali o‘q uzishadi va uni xavfsiz joyga olib ketishadi.
IAR’da ta'kidlanishicha, bunday hodisalar Indoneziyada borgan sari tez-tez yuz berib turibdi. O‘rmonlarning kesib tashlanishi hayvonlarni u yerlarni tark etishga majbur qilmoqda va ba'zida ularning odamlar bilan ixtilofga kirishiga olib kelmoqda.
Mavzuga oid
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
16:30 / 29.10.2024