Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemalada 117 kishining umriga zomin bo‘lgan vulqon yana faollashdi
Gvatemalada 12 iyunda Fuego vulqoni yana faollashdi. Vulqon dastlab 3 iyunda otilib, kamida 117 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.
Gvatemala milliy seysmologiya institutida ma'lum qilinishicha, erta tongdan vulqon kraterida portlashlar yuz berib, 5 kmlik balandlikka gaz va kul otilgan. Mutaxassislar kul 15-25 km masofagacha tarqalishi mumkinligini aytishmoqda.
Mamlakat rahbariyatining ma'lumotlariga ko‘ra, vulqonning 3 iyundagi otilishidan keyin 197 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Gvatemala prokuraturasi odamlarning o‘limi yuzasidan tergov boshlagan.
Tabiiy ofat oqibatida shuningdek 57 kishi jarohat olgan, 12,4 ming kishi evakuatsiya qilingan va 4,2 ming kishi hanuzgacha vaqtinchalik boshpanalarda qolmoqda. Umumiy hisobda vulqon otilishi 1,7 mln kishiga ta'sir o‘tkazgan.
Mavzuga oid
00:49 / 11.02.2025
Gvatemalada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan jarga quladi. Kamida 51 kishi halok bo‘ldi
18:21 / 08.11.2024
Gvatemalada sobiq Bosh shtab boshlig‘i uchun qariyb 3 ming yil qamoq jazosi so‘raldi
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
22:45 / 19.08.2024