Qirg‘iziston prezidenti Moskvaga oddiy reys bilan parvoz qildi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Moskvaga, futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun «Aeroflot» kompaniyasining oddiy reysdagi samolyotida uchib keldi. Bu haqda Kaktus.media nashri xabar qilmoqda.
Qirg‘iziston rahbari Bishkekdan Moskvaga Airbus A-320 laynerida biznes-toifadagi yo‘lovchi sifatida uchib kelgan.
Prezident devonidan xabar berishlaricha, Jeenbekovga 6-7 kishi hamrohlik qilyapti, shuning uchun u 1-raqamli bortdan foydalanmaslikka qaror qilgan. Delegatsiya tarkibida - prezident devoni xodimlari va tansoqchilar.
Prezident, katta ehtimol bilan, Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda tomoshabin bo‘ladi. Jahon chempionati aynan shu uchrashuv bilan boshlanadi. Jeenbekov Rossiya va Germaniya termasiga ishqibozlik qiladi.
Kutilishicha, Jeenbekov Rossiya prezidenti bilan ham amaliy uchrashuv o‘tkazadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u Bishkekka ertaga, 15 iyun kuni qaytib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:25
Kurskka yana ATACMS uchdi. Navbat «Oreshnik»gami?
21:11
Rossiyada rus tilini bilmaydigan migrant bolalari maktabga qabul qilinmasligi mumkin
13:37
Rossiyaning yirik chakana savdo tarmog‘i O‘zbekiston mahsulotlarini eksport qilmoqchi
22:25 / 24.11.2024