Gruziya prezidenti bosh vazirlikka nomzod taklif qildi
Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili juma kuni Mamuka Baxtadze nomzodini parlamentga taqdim etish haqidagi farmoyishni imzoladi. Baxtadze respublika bosh vaziri lavozimiga tasdiqlanishi mumkin. Bu haqda ushbu davlat matbuot xizmati xabar bergan.
"Parlamentdagi ko‘pchilik Mamuka Baxtadze nomzodini Gruziya bosh vaziri lavozimiga taqdim etdi, bu mamlakat Konstitutsiyasining 801-moddasi bandiga muvofiq yuz berdi. Prezident parlamentga Mamuka Baxtadze nomzodini bosh vazir lavozimiga tasdiqlash uchun kiritdi", - deyiladi prezident farmoyishida.
Bundan avval prezidentning parlament kotibi Anna Natsvlishvili “parlamentdagi ko‘pchilik Mamuka Baxtadzeni bosh vazir lavozimiga nomzod sifatida tanlagani hamda uning nomzodini prezidentga taqdim etgani, davlat rahbari Georgiy Margvelashvili esa Baxtadze nomzodini parlamentga tasdiqlash uchun kiritishini" ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlashicha, Margvelashvili juma kuni kechqurun Baxtadze nomzodini parlamentga kiritish haqidagi farmoyishni imzolaydi.
Mavzuga oid
18:59 / 09.08.2024
Georgian Airlines aviakompaniyasi Navoiyga yuk parvozlarini yo‘lga qo‘ydi
22:38 / 06.08.2024
Gruziya parlamenti spikeri Saakashvili afv etilishi mumkinligini aytdi
15:26 / 03.06.2024
Gruziyada “chet el agentlari” haqidagi bahsli qonun kuchga kirdi
21:30 / 18.05.2024