Jamiyat | 18:21 / 15.06.2018
11730
1 daqiqa o‘qiladi

To‘liq amalga oshmay qolgan jinoyatdagi bosqinchilardan biri kollej o‘quvchisi bo‘lib chiqdi

Shu yil 10 iyun kuni 2 noma'lum shaxs Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashovchi Sh.N. ismli ayolni uyiga darvozasidan oshish orqali kirib, uni pichoq bilan qo‘rqitib, pul va qimmatbaho buyumlarni talab qilib, farzandi Sh.N.ni tortib olgani uchun shovqin ko‘tarilganda ular hech narsa ololmay voqea joyidan qochib ketganlar.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Ishtixon tumanida yashovchi J.M. va shu tumanda yashovchi Baxrin qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji 3-kurs o‘quvchisi, S.A. sodir etganliklari aniqlanib ushlangan.

Mavzuga oid