Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor Qashqadaryoda sayyor tergov o‘tkazish avtomashinasi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 18 aprel kunidagi 2898-sonli qarori asosida hamda mamlakatimizda joriy yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” yili deb e'lon qilinishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan sayyor tergov va surishtiruv o‘tkazish maxsus avtomashinasi tashkil etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qashqadaryo viloyatining yer maydoni keng, cho‘l va tog‘li hududlardan iboratligi, olis hududlardan shahar markazigacha 100, ayrim aholi yashovchi qishlog‘lardan esa 150 chaqirim masofadan iboratligi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarni, protsess ishtirokchilarini ortiqcha ovoragarchilik hamda turli noqulayliklarning oldini olish maqsadida hududlarning o‘zida sayyor tergov va surishtiruv o‘tkazish uchun maxsus avtomashina tashkil etish asos qilib olindi.
Avtomashinaga zarur bo‘lgan barcha ehtiyot qismlar o‘rnatilib, to‘liq ta'mirlandi. Avtomashina ichki “salon” qismida o‘rnatilgan o‘rindiqlar olib tashlanib, tergovchi hamda protsess ishtirokchilari o‘tirishlari hamda tergov harakatlarini amalga oshirish uchun yumshoq mebel va stollar o‘rnatilib mustahkamlandi.
Avtomashina to‘liq onlayn tizim asosida ishlab, avtomashina ichida o‘tkazilayotgan tergov harakatlarni masofadan turib istalgan hududdan nazorat qilish va kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Avtomashina ichki qismi to‘liq tashqi shovqinlarni kamaytiruvchi qoplamalar bilan qoplandi (shum izolatsiya), ichki va tepa qismlari charm bilan o‘ralgan.
Shuningdek, ekspert kriminalist javoni tashkil etilib, ekspert xodimlari tomonidan barmoq izini identifikatsiya qilish, tadqiqotlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha kriminalistik anjomlar joylashtirilib, ekspert kiriminalist xodimlar tomonidan avtomashina ichida daktoloskopiya, trassalogiya hamda xatshunostlik ekspertizalar o‘tkazish va xulosalar tayyorlash imkoniyati va sharoitlar yaratilgan.
Avtomashina ichida tergov va surishtiruv xodimlari tomonidan, barcha dalillarni bayonnomada qayd etish, protsess ishtirokchilarini so‘roq qilish, yuzlashtirish, narsa buyum va shaxsni tanib olish, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir etilgan joyda tekshirish, barcha yo‘nalish bo‘yicha ekspertiza tayinlash, ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish, guvohlantirish, eksperiment o‘tkazish, olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish tergov harakatlari, protsessual majburlov choralarini qo‘llash, jinoyat ishida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish, ayblanuvchilarga nisbatan ehtiyot choralarini qo‘llash, hamda jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi JPKning 372-moddasi tartibida tamomlash mumkin.
Shuningdek, og‘ir o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilganda hodisa sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi tarkibida chiqilgan ishtirokchilarga qulayliklar yaratish bilan birga tergovchi tomonidan maxsus avtomashina ichida jinoyatlarni issiq izidan fosh etishga qaratilgan dastlabki tergov harakatlari, ekspertizalar o‘tkazish, zarur bo‘lgan mutaxassis fikri va xulosalar olish imkoniyatlari beradi. Bu esa, o‘z navbatida, jinoyatlarni sifatli va xolis tergov qilish hamda aybdor shaxslar doirasini aniqlashda muhim o‘rin egallaydi.
Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
20:24 / 19.05.2025
Toshkentda ruhiy kasal erkak ichki ishlar xodimini pichoqladi
10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi
12:04 / 05.04.2025