O‘zbekiston | 18:42 / 16.06.2018
25290
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati tasdiqlandi 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasida keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati ham tasdiqlandi. Ular: 

Argillitlar va alevrolitlar.
Harsangtoshlar, shag‘al va mayda shag‘allar.
Gillar (bo‘yoq va sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari).
Dolomit.
Ohaktosh (sement ishlab chiqarish va metallurgiya sanoatida ishlatishga yaroqlilaridan tashqari).
Ohaktosh-chig‘anoqtosh.
Tosh bo‘laklari.
Kvartsit (texnik kremniy ishlab chiqarish uchun yaroqli bo‘lgan hamda dinasli va flyuslilardan tashqari).
Lyoss va lyossimon jinslar (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari). Mergel (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari).
Bo‘rsimon jinslar.
Marmar.
Qum (qoliplashda va shisha ishlab chiqarishda foydalaniladiganlaridan tashqari).
Qumtosh.
Slanets (yonuvchi va qorasidan tashqari).
Suglinkalar (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilaridan tashqari).
Magmatik, metamorfik va vulqanogen jinslar (sement va o‘tga chidamli materiallar ishlab chiqarish uchun yaroqlilaridan tashqari).

Mavzuga oid