Jahon | 17:44 / 17.06.2018
21173
2 daqiqa o‘qiladi

Kamboja shahzodasining turmush o‘rtog‘i YTHda halok bo‘ldi

Foto: AP/ Cambodia National Police

Kamboja shahzodasining turmush o‘rtog‘i Ouk Pxalla mamlakat janubida ro‘y bergan YTH sabab halok bo‘ldi. Shahzoda Norodom Ranaritning o‘zi esa shifoxonaga joylashtirilgan. "Sinxua" agentligi politsiya vakillariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

YTH mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da Kampongsaom provinsiyasida ro‘y bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, shahzodaning avtomobiliga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan taksi kelib urilgan. Undagi 5 nafar yo‘lovchi turli jarohatlar olgan. 

"Shahzodaning turmush o‘rtog‘i og‘ir jarohatlar tufayli soat 12:23 da hayotdan ko‘z yumdi", - deya ma'lum qildi provinsiya politsiyasi vakili Chun Narin. Uning so‘zlariga ko‘ra, 74 yoshli shahzoda Pnompen shifoxonasiga yetkazilgan. 

Ta'kidlash joizki, bu Kamboja qirollik oilasi vakillari ishtirokidagi birinchi YTH emas. 2015 yilda shahzodaning korteji yuk mashinasiga urilishi natijasida 6 kishi jabrlangandi. 

Kamboja shahzodasi Norodom Ranarit va uning turmush o‘rtog‘i Ouk Pxalla
Arxiv foto: AFP/ Philippe Lopez

 

Mavzuga oid