34361 kishi: Britaniya nashri Yevropaga yo‘lda halok bo‘lgan muhojirlar ismlarini ma'lum qildi
Britaniyaning The Guardian nashri 20 iyun – Xalqaro qochqinlar kunida Yevropaga yetib olish ilinjida halok bo‘lgan muhojirlar ro‘yxatini chop etdi. 25 yil ichida qurbonlar soni 34 ming 361 nafarni tashkil qilgan.
Ro‘yxat nashrning bosma versiyasiga maxsus 56 sahifalik ilovada keltirilgan va saytda joylashtirilgan.
The Guardian today has printed in their newspaper a list of 34,361 refugees who are known to have died trying to make it to Europe. pic.twitter.com/IqqLD5rCCX
— Scott Bryan (@scottygb) June 20, 2018
Ushbu ro‘yxatda birinchi bo‘lib 24 yoshli kongolik Kimpua Nsimba turibdi. Ta'kidlanishicha, u Buyuk Britaniyaga kelgandan 5 kun o‘tib qochqinlarni qabul qilish markazida o‘zini osib qo‘ygan. Ro‘yxatga ko‘ra, aksariyat muhojirlar dengizda halok bo‘lganlar.
Nashrning ta'kidlashicha, u faqatgina ma'lum holatlar bo‘yicha ma'lumot bergan, aslida esa qurbonlar soni ko‘proq. Yil sayin halok bo‘layotgan muhojirlar soni ortib bormoqda: 1963 yilda 61 ta o‘lim qayd qilingan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 3915 tani tashkil qilgan.
Ro‘yxatni tuzish bilan 15 yil davomida turkiyalik rassom Bonu Qanoto‘g‘lu shug‘ullangan. U ro‘yxatni tuzishda UNITED for Intercultural Action ushyumasi ma'lumotlaridan foydalangan. Bu uyushmaga irqchilikka qarshi kurashuvchi yuzlab tashkilotlar kiradi.
Avval rassom muhojirlar muammosiga e'tibor qaratish maqsadida bu ro‘yxatni Yevropa davlatlaridagi avtobus bekatlari va reklama shitlarida osib chiqqan.
“Muhojirlar dengizda, yuk mashinalarida, qochqinlar lagerlarida, radikallar qo‘llaridan halok bo‘ladilar, ba'zida esa katta stress oqibatida o‘z jonlariga qasd qiladilar”, deb ta'kidlab o‘tgan nashr.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning 1-yarmida Yevropaga dengiz orqali 40 mingdan ko‘proq, ya'ni 2017 yilning shu davriga nisbatan 2 marta kamroq muhojir kelgan. Yo‘lda halok bo‘lganlar soni ham 2 barobar kamroq bo‘lib, 857 nafarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
18:44 / 23.11.2024
Yevropa yangi energetika inqiroziga duch kelmoqda - Bloomberg
10:10 / 04.11.2024
WP: Yevropa Tramp davrida AQSh bilan «munosabatlarni uzish»ga tayyorlanmoqda
15:24 / 03.11.2024
Gurjiston va Moldova saylovlari: Yevropa orzusi orzuligicha qoldimi?
12:30 / 01.11.2024