Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonining neft bo‘yicha rejalari haqida ma'lumot berildi
Saudiya Arabistonining taxminicha, neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuv (OPeK+) davlatlari qazib olish hajmini kuniga 600-800 ming barrelga oshiradi. Bu haqda Financial Times gazetasi OPeKdagi manbaga asosan xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni neft qazib olishning ehtimoliy bunday hajmi OPeK+ mamlakatlari o‘rtasida proporsional ravishda taqsimlanishini xohlaydi. Bu davlatlar ishlab chiqarishni oshirish quvvatiga ega bo‘lishi lozim. Ta'kidlanishicha, Ar-Riyodning taklifi hozirgi paytda oxirigacha rasmiylashtirilmagan. Manbaning xabar berishicha, u Saudiya Arabistoni vakillarining Rossiya va OPeK a'zosi bo‘lgan mamlakatlar amaldorlari bilan uchrashuvida muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni va Rossiya OPeK+’da hamkorlikni kuchaytirayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025