Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviya qirg‘oqlarida 237 nafar afrikalik qochqin qutqarildi
Liviyaning Karapoli shahri qirg‘oqlarida 237 nafar qochqin qutqarildi. "Anadolu" agentligi Liviya Milliy yarashuv hukumati HDK qo‘mondonligi bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Noqonuniy migrantlar ikki qutqaruv operatsiyasi doirasida qirg‘oqqa olib chiqildi. Ularning orasida ayollar va bolalar ham bo‘lgan.
Birinchi operatsiya Karapoli shahri shimolidan 20 km, ikkinchisi esa 36 km masofada o‘tkazilgan.
Qutqarilganlarning aksariyati - Sudan aholisi.
Migrantlar Tajur shahridagi markazga yetkazilgan, u yerda ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, gumanitar yordam olishdi.
So‘nggi bir necha kunda Karapoli qirg‘oqlarida qutqarilgan qochqinlarning umumiy soni 680 nafarga yetgan.
Mavzuga oid
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
13:12 / 14.05.2025