Angliya Panamaga 6ta gol urdi va pley-offga chiqdi
Angliya terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichi ikkinchi tur o‘yinlari doirasida Panamaga qarshi o‘ynadi. Nijniy Novgorodda kechgan o‘yinda inglizlar 6:1 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.
O‘yinda «uch sherlar» sardori Harri Keyn het-trik qayd etdi, himoyachi Jon Stounz dubl muallifi bo‘ldi, yana bir gol Jyessi Lingard tomonidan urildi. Panamaning yagona javob goli Felipe Baloy tomonidan urildi, bu panamaliklarning jahon chempionatlaridagi ilk goli bo‘ldi.
Angliya terma jamoasi endilikda 6 ochko jamg‘argan holda guruhda Belgiya bilan qo‘shhokimlik o‘rnatgan, bu terma jamoalar pley-off masalasini hal qilishdi. 28 iyun kuni ushbu terma jamoalar o‘zaro uchrashuvda G guruhida kim birinchi o‘rinni egallashini aniqlab olishadi. Panama va Tunis 1/8 finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
JCh-2018
G guruhi
Angliya – Panama 6:1 (5:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 8 Stounz, 2:0 – 22, penalti Keyn, 3:0 – 36 Lingard, 4:0 – 40 Stounz, 5:0 – 45, penalti Keyn, 6:0 – 62 Keyn, 6:1 – 78 Baloy.
Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Lingard (Delf, 63), Loftus-Chik, Sterling, Xenderson, Tripper (Rouz, 70), Keyn (Vardi, 63).
Panama – Penedo, Torres, Devis, Murilo, Eskobar, Kuper, Gomes (Baloy, 69), Godoy (Avila, 63), Barsenas (Arroyo, 69), Rodriges, Peres.
Ogohlantirishlar: Kuper (10), Loftus-Chik (23), Eskobar (45), Murilo (72).
Mavzuga oid
02:08 / 11.12.2022
JCh-2022. Fransiya Angliyani mag‘lubiyatga uchratib, yarimfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
02:00 / 05.12.2022
JCh-2022. Angliya Senegalni yirik hisobda mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi
02:13 / 30.11.2022
JCh-2022. Angliya Uelsni, AQSh Eronni mag‘lub etib 1/8 finalga yo‘llanma oldi
02:42 / 26.11.2022