Light | 16:30 / 25.06.2018
85512
4 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbek ekanligimdan faxrlanaman»: Alisher Usmonovning biznes qoidalari

Foto: Dmitriy Ternov/Forbes

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov «Megafon» va Mail.ru kompaniyalari egalaridan biri sanaladi. Forbes nashri 12,5 mlrd dollarga ega bo‘lgan Usmonovning o‘z millati, xayriya faoliyati, yaxshi odamlar yomonlardan ko‘proq ekanligi haqidagi va boshqa mavzulardagi eng yorqin fikrlarini keltirdi. 

Biznes — bu baribir g‘arazli ish, unda sening g‘arazing daromad olishdan iborat bo‘ladi.

Men uchun pullar — bu funksiya. U nimagadir erishish imkonini yaratib, sening yutuqlaring o‘lchovi bo‘lishi mumkin yoki, aksincha, ular bo‘yicha muvaffaqiyatsizliklar haqida ham fikr yuritish mumkin.

Metallurgiya — bu birinchi muhabbat emas. Metallurgiya korxonalari aksiyalari — shu mening birinchi muhabbatim. 

Biznesdagi asosiy qoidam — hech qachon siyosiy o‘yinlar bilan shug‘ullanmaslik, biroq biz shu biznesni qilayotgan davlat hukumati va rahbariyati hamda davlat apparatini tushunmasdan hamda qo‘llab-quvvatlamasdan hech narsa qilmaslik.

Mening fikrimcha, menejmentni hurmat qilish kerak. Oleg Deripaska kabi aksiyadorlar bor, ular katta ulushga ega bo‘lgan kompaniyalar menejyeri sanaladi. Menda bunday ehtiyoj yo‘q.

Internet asoschilar va menejyerlar roliga juda sezgir, men bunga aralashmaganman hamda aralashmayman.

Bir paytlar, taxminan 93-yilda insonlar salomatligi uchun xavfli bo‘lgan narsalar bilan savdo qila olmasligimni tushunganman. Musulmon sifatida ham men zahar sotishim kerak emas. O‘shandan beri men uchun tamaki biznesi yo‘q.

Xayriyadan maqsadni ham o‘zim uchun, ham jamiyat uchun faqat bitta narsada ko‘raman — odamlar yaqinlarini xuddi o‘zini kabi yaxshi ko‘rishi kerak. Agarda sen nimanidir qila olsang, unda bu bilan biznesdagi muvaffaqiyating darajasida shug‘ullanish shart. Bu muvaffaqiyat senga qanday ko‘lamdagi yordamni taqdim etish borasida tanlash imkonini beradi.

Rossiyadagi eng qo‘rqinchlisi — odamlar bir biri bilan bo‘lishishni xohlamasligi.

Kimgadir yordam berayotganing haqida maqtanish — odamning past darajadagi madaniyati ko‘rsatkichi.

Turg‘unlik — u faqat haykaltaroshlikda yaxshidir. Biznesda esa dinamizm — daromadingiz kafolati.

Toza vijdon va o‘z qalbim bilan butunlay uyg‘unlikda yashayman.

Mening ta'sir ko‘rsatishim vijdonimga mos tushishi kerak. Agar hammasini vijdonan qilsang, unda ertami yoki kech sening odamlar orasidagi ta'siring faqat hurmat va tan olishdan iborat bo‘ladi. Bu, mening fikrimcha, hayotdagi asosiy narsa.

Men o‘zbek ekanligimdan faxrlanishim haqida ko‘p marta aytganman. Bu mening ona yurtim ekanligidan faxrlanaman. O‘zbekiston uchun, O‘zbekiston rahbariyati uchun qanday foydam tegishi mumkin bo‘lsa, barchasini qilishga tayyorman. Har doim va istalgan daqiqada.

Men ishonch yoki boshqa tuyg‘ular ostida hamma narsamni berib yuboradigan odam emasman, men barcha kompaniyalarni yaxshilab o‘rganib chiqaman.

Men boshqa umuman deyarli hech narsa sotib olmoqchi emasman. Faqat xayriyaga qaratilgan dasturlarimiz faoliyatini ta'minlaydigan narsalar bundan mustasno.

Bizning, mening shaxsiy xayriya faoliyatim soliq to‘lovlarimdan bir necha barobar ko‘pdir. Shuning uchun bu jihatdan men xotirjamman. Vijdonim toza. 

Yaxshi odamlar doim yomonlardan ko‘proq, aks holda, qiyomat qoyim yetib kelgan bo‘lardi.

Mavzuga oid