Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq rizqiga bolta urgan o‘g‘rilar ushlandi - IIV
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, shu yil yanvar oyidan 30 mart kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs “Oqoltin” MFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent-O‘sh” yo‘lining 18-km.da joylashgan avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasiga markaziy gaz tarqatish tarmog‘iga ulangan umumiy qiymati 39 mln. 240 ming so‘mlik diametri 100 mm.li 436 metr gaz quvurlarini o‘g‘irlab ketganligi ma'lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sirdaryo tumanida yashovchi A.D. va F.K. sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025