Jahon | 09:50 / 28.06.2018
2732
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR va Janubiy Koreya avtoyo‘llarni birlashtirish bo‘yicha muzokaralar boshladi

Foto: REUTERS

KXDR va Janubiy Koreya hukumatlari Seul va Pxenyan o‘rtasida avtomobil yo‘llarini birlashtirish bo‘yicha muzokaralarga kirishdi. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar qilmoqda.

Avtoyo‘llarning birlashishi Seuldan Pxenyanga mashinada hech qanday to‘siqlarsiz borish imkonini yaratadi.

Xabar qilinishicha, bu masala yarim soat davomida muhokama qilingan. Janubiy Koreya delegatsiyasiga transport vaziri o‘rinbosari, KXDRga esa - yer va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari boshchilik qildi. Ta'kidlanishicha, muzokaralar amaliy xarakterga ega bo‘lgan.

Pxenyan va Seul o‘rtasida yagona avtoyo‘lni barpo etish bo‘yicha rejalar 2015 yilda ham muhokama etilgan, biroq o‘shanda muzokaralar Shimoliy Koreya tomonidan 2016 yilda o‘tkazilgan to‘rtinchi yadroviy sinov tufayli to‘xtatilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreyada Amerikaga qarshi targ‘ibot to‘xtatilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid