Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Chelyabinsk traktorlari yig‘ila boshladi
Rossiya Federatsiyasi traktorsozlik zavodining O‘zbekistondagi dileri Road bilding technics korxonasi B10M buldozerini yig‘ishni boshladi. Korxona yil davomida Chelyabinsk traktor zavodining traktorlarining butun boshli partiyasini yig‘ishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Carzone xabar bergan.
Shartnomaga ko‘ra ikki turdagi mexanik transmissiyali B10M va T10MB traktorlari tayyorlanadi. Eng birinchi yig‘ilgan mashina neft-gaz sanoatiga sotildi.
O‘zbekistonning traktorsozlik bo‘yicha ishlab chiqarish bazasi mavjud, tajribali mutaxassislari bor. Hozir o‘zbek korxonasi yig‘ish texnologiyasini takomillashtirmoqda va sertifikatsiya masalalarini hal qilmoqda. Shundan so‘ng traktorga maxsus yorliq qo‘yiladi va u O‘zbekiston-Rossiya mahsulotiga aylanadi. Bu texnika import hisoblanmaydi hamda xalqaro tender va tanlovlarda O‘zbekistonning milliy mahsuloti deb taqdim etiladi.
Chelyabinsk traktor zavodi Belarus, Ukraina, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda yig‘iladi. Bu davlatlar qatoriga O‘zbekiston beshinchi bo‘lib qo‘shildi.
Mavzuga oid
07:47 / 27.07.2024
Chelyabinsk viloyatida to‘g‘on yorilishi: beshta qishloq suv ostida qoldi
11:49 / 24.05.2024
Tadbirkorning traktorini 240 mln so‘mga sotib yuborgan ishchi aniqlandi
13:43 / 01.04.2024
Rossiyada «Makfa» ishi bo‘yicha 100 trillion rubllik aktivlar xatlovga olindi
10:22 / 15.02.2024