«O‘z mevasini bermoqda». Netanyahu Eronga qarshi sanksiyalar haqida gapirdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning ma'lum qilishicha, Tehronga qarshi joriy etilgan sanksiyalar «o‘z mevasini bermoqda». Bu haqda «Sinxua» xabar qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronda so‘nggi kunlarda yana avj olgan norozilik namoyishlari sanksiyalar samara berayotganini isbotlamoqda.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat aholisi «o‘z yetakchilari siyosatining oqibatlarini» his etmoqda.
Avvalroq, OAV Netanyahu Yevropani Eron bilan yadroviy bitimni bekor qilishga ishontirmoqchi ekani haqida xabar bergandi.
Ta'kidlanishicha, Isroil Buyuk Britaniya va uning yevropalik hamkorlariga maxfiy hujjatlar topshirgan. Ularda Eron yadro qurolini yaratish niyatida ekani aytiladi. Ushbu materiallar Yevropani yadroviy bitimni bekor qilishga ishontirishi lozim bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSh BMT Xavfsizlik kengashini Eronga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024