Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda yo‘l qoidasi buzilishi yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘ldi
28 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida, Beruniy tumanida yashovchi X.R. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Qo‘ng‘irot-Beyneu” yo‘lining 563-km.da haydab ketayotib shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan O.A. boshqaruvidagi “Mersedes-Bents” rusumli yuk avtomashinasiga orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi S.U. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi
10:10 / 01.11.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024