Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l hamda Toshkent shahrining Olmazor tumanlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.

Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, To‘rtko‘l tumanida “Z.T.” xususiy korxonasi va “Ch.Z.” oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari fuqaro A.A.ga tegishli Nukus ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangan.
Natijada jami 1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Olmazor tumanida fuqaro J.M. “Xonchorbog‘” MFY hududidagi xonadonida ishlab chiqarish sexi tashkil etib, tijorat maqsadida 4 dona elektr pechlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulagan.
Oqibatda 567,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

08:24 / 26.03.2025