Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilning birinchi yarim yilligida dunyo bo‘ylab 66 jurnalist o‘ldirildi
Foto: AP
2018 yilning yanvar-iyun oylarida dunyoning 22 mamlakatida 66 jurnalist halok bo‘ldi. Press Emblem Campaign nohukumat tashkilotining Jyenevada e'lon qilgan hisobotida shu haqda so‘z boradi. Tashkilot jahon hamjamiyatiga murojaat qilar ekan, mojaroli hududlarda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari xavfsizligini ta'minlashda amaliy choralar ko‘rishga chaqirdi.
Ta'kidlanishicha, 2017 yilning shu davrida 50 jurnalist o‘limi qayd etilgan edi.
Halok bo‘lgan jurnalistlarning 11 nafari Afg‘onistonda hayotdan ko‘z yumgan. Meksikada 8, Suriyada 7, AQShda 6 va Yamanda 5 jurnalist halok bo‘lgan. Tashkilot, shuningdek, Hindiston, xususan Kashmirda 4 jurnalistning o‘ldirilgani borasida tashvish bildirgan. Braziliya, Ekvador va Filippinda 3 nafardan jurnalist o‘ldirib ketilgan. G‘azo sektori, Gvatemala va Pokistonda 2 nafardan, Bangladesh, Kolumbiya, Haiti, Indoneziya, Iroq, Liberiya, Nikaragua, Rossiya, Salvador va Slovakiyada bir nafardan jurnalist g‘arazgo‘ylar qurboni bo‘lgan.
2004 yili tashkil etilgan Press Emblem Campaign BMT huzurida maslahatchi maqomiga ega.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025