Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi viza rejimlari: Vatandosh, Golden visa va Silk road vizalari joriy qilinadi
Joriy yilning oktabr oyiga qadar O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarga turlicha vizalar taqdim etishni ko‘zda tutuvchi takliflar tayyorlanadi. Masalan, “Buyuk Ipak yo‘li” bo‘yida joylashgan davlatlarning bir nechtasiga tashrif buyurish huquqini beruvchi Silk road viza rejimi, asli o‘zbekistonlik vatandoshlar va ularning yaqin qarindoshlari uchun Vatandosh vizasi taqdim etilishi mumkin.
4 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan hujjatga ko‘ra, mamlakatga yirik miqdordagi sarmoya olib kirishni ko‘zlayotgan sarmoyadorlarga Golden visa’ni 10 yil muddatga berish taklifi ham ko‘rib chiqilmoqda. Asli o‘zbekistonlik va ularning qarindoshlari bo‘lgan xorijiy shaxslarga 5 yil muddatga bir martalik viza berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shu hujjat bilan 101ta davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz tashrif buyurish huquqiga ega bo‘lishdi.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
19:28 / 26.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
09:39 / 25.05.2025