Tsyurix aeroportida samolyotni yashin urdi
Tsyurix aeroportida SunExpress aviakompaniyasiga qarashli “Boing-737-800” samolyotini yashin urdi, deb xabar berdi JACDEC markazi.
Antaliyaga uchishga tayyorlanayotgan samolyot yashin urishidan zarar ko‘rmagan va parvoz amalga oshirilgan.
Tsyurixda ob-havo yomonlashishi haqida 2 iyul kuni ogohlantirish e'lon qilingandi. 3 iyul kuni shaharda kuchli do‘l yog‘di. Avtomobillar va qator uylarning tomlari shikastlanganligi xabar qilinmoqda.
Ob-havo sharoitining noqulayligi sababli samolyotlar bir qancha vaqt davomida parvoz qila olmagan. Shuningdek, aeroport binosiga ham bir necha marta yashin urilgan, deb xabar qilmoqda 20 Minutes nashri aeroport matbuot kotibi Sonyu Tsoxlingga tayanib.
Mavzuga oid
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
17:53 / 20.11.2024
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi
20:03 / 18.11.2024
Yevropaning eng gavjum aeroporti nomi e’lon qilindi
19:31 / 14.11.2024