Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada Imom Buxoriyning qadimiy qo‘lyozma nusxalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
2018 yil 3 iyul kuni Malayziya islom ilmlari jomiyasi va “Arab Researcher ID” (ARID) xalqaro ilmiy forum hamkorligida o‘tkazilgan “Qo‘lyozmalar va tarixiy hujjatlarga bag‘ishlangan ikkinchi xalqaro konferensiya” ishi yakunlandi. Malayziyaning Nilay shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada Saudiyadan kelgan “Sunna va turos an-nabaviy markazi” mudiri shayx, doktor Majid ibn Muhammad al-Juhaniy Imom Buxoriyning “Sahihul-Buxoriy” asarining qadimgi qo‘lyozma nusxalari va unga yozilgan sharhlar bo‘yicha ma'ruza qilib, “Sahihu-l-Buxoriy” asari qo‘lyozma nusxalari to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlar berdi. Bu haqda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati xabar bermoqda.


Ma'ruzadan so‘ng “Sahihul-Buxoriy” asarining eng qadimgi nodir qo‘lyozmalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Sahihu-l-Buxoriy”ning jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qadimgi va nodir nusxalaridan namunalar namoyish etildi. Ko‘rgazma namoyishi davomida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Sh. Umarov va B. Amonovlar ham o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishib, “Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi” haqida ma'ruzalar qilishdi. Shu bilan birga Markaz tomonidan nashrdan chiqqan “Imom Buxoriy ta'rifi” kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.


Kitobning boshqa tillarga ham tarjima etilishi, barcha ishtirokchilar o‘zlarida mavjud bo‘lgan tarixiy ahamiyatga molik asarlar hamda qo‘lyozmalar fihristini doimiy almashib turishga kelishib olindi.
Turli davlatlardan, xususan arab davlatlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, buyuk allomalar hayoti va ilmiy merosini o‘rganishda xalqaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatish va qo‘zyozmalarni saqlash va ularni tadqiq etish borasida doimiy axborot almashishga asos solindi.
Mazkur qo‘zyozmalar ko‘rgazmasi anjuman ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Ko‘rgazma so‘ngida anjuman ishtirokchilariga doktor Majid ibn Muhammad al-Juhaniy o‘zining “Sahihul-Buxoriy asari va unga yozilgan sharhlarning qadimiy nusxalari” nomli kitobini taqdim etdi.



Mavzuga oid
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025