Sport | 23:01 / 08.07.2018
19626
1 daqiqa o‘qiladi
Paulino «Barselona»ni tark etib, Xitoyga qaytdi
«Barselona» yarimhimoyachisi Paulino «Guanchjou Evergrand» klubiga qaytdi.
Xitoy klubi 29 yoshli braziliyalikning transferini tasdiqladi, ammo bitim shartlarini oshkor qilmadi. «Barselona» klubi ham futbolchining ketishiga izoh bermadi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Paulinoni 50 million yevroga sotishdi. Futbolchining o‘zi esa «Guanchjou Evergrand» klubida yiliga 14 million yevro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, Paulino «Guanchjou»dan «Barselona»ga 1 yil oldin 40 million yevro evaziga o‘tgan edi.
Mavzuga oid
21:05 / 09.01.2018
Obameyang «Guanchjou Evergrand»ga o‘tishga rozi bo‘ldi
19:50 / 29.10.2017
«U Ronaldudan ko‘p gol urdi». Paulino – «Barsa»ning yozdagi eng yaxshi transferi
00:01 / 23.08.2017
OChL chorak finali. «Shanghay SIPG» dastlabki o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi
12:13 / 20.08.2017