Toshkentda reyd: nonvoyxona, somsaxona va oshxonalardagi sanitariya holatlari ayanchli (video)
Toshkent shahridagi Mirobod, Yunusobod, Sergeli, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Chilonzor, Shayxontohur tumanlarida joylashgan oshxona, nonvoyxona, kafe, somsaxonalarda tozalik qoidalariga umuman javob bermasligi “Ishchi guruh” tomonidan aniqlandi.
O‘rganishlar davomida mazkur joylarda ishlayotgan xodimlarning hech birida tibbiy daftarchaning yo‘qligi ma'lum bo‘lgan. Borlari ham bundan to‘rt yil muqaddam berilgani, shaxsni tasdiqlovchi suratlar mavjud emasligi aniqlangan.
Nonvoyxonalardagi sanitariya qoidalari qo‘pol holatda buzilgan. Inson salomatligiga ta'sir qiluvchi omillar, xususan, turli hashoratlarning ovqat tayyorlanadigan xonalarda uchratilishi, xodimlarning maxsus kiyimda bo‘lmasligi, taom tayyorlanadigan joylarning tozalik qoidalariga mutlaqo javob bermasligi buning yaqqon dalilidir.Ta'kidlanishicha, tumanlarning Sanitariya qoidalarini nazorat qiluvchilar, soliq idorasi hamda yong‘in xavfsizligi xodimlari bu kabi holatlarga e'tiborsiz bo‘lishgan.
Mavzuga oid
16:33
Toshkentning 86 ta nuqtasida pulli avtoturargoh tashkil etish huquqi 120 mlrd so‘mga sotildi
15:48
Toshkent-Hangjou yo‘nalishida yangi havo qatnovi ochildi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
18:52 / 23.11.2024