Bali portida dahshatli yong‘in 40ta qayiq va kemani yo‘q qildi

Foto: AFP
Indoneziyaning Bali orolidagi Benoa porti yirik yong‘in ichida qoldi. Portdagi kamida 40ta baliq ovlash qayiqlari va sayyohlik kemalari mahalliy aholi tili bilan aytganda "do‘zax olovi”da yonib ketdi. Yong‘inning sababi hozircha ma'lum qilingani yo‘q.
Jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlar haqida ham axborotlar mavjud emas. Xabarlarga ko‘ra, yong‘in tunda boshlangan bo‘lib, bu paytda portda odamlar deyarli bo‘lmagan.
Mahalliy OAV ikki nafar baliqchi bedarak yo‘qolganini xabar qilmoqda. Yong‘inni bartaraf qilishning hozircha imkoni bo‘lmayapti.
Mavzuga oid

18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi

19:31 / 18.05.2025
Hindistonda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi

09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

07:49 / 16.05.2025