Jahon | 07:49 / 09.07.2018
31022
2 daqiqa o‘qiladi

Tailandda g‘ordan bolalarni qutqarish amaliyoti vaqtinchalik to‘xtatildi

Foto: Linh Pham/Getty Images

Tailandda g‘orda qolib ketgan yosh futbolchilarni qutqarish amaliyoti vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.  

Qutqaruv amaliyoti shtabida aytilishicha, bunga g‘orda kislorod zaxirasi kamayib ketgani sabab bo‘lgan. Kislorod zaxirasini to‘lg‘azish maqsadida amaliyotni kamida 10, ko‘pi bilan esa 20 soatga to‘xtatishga qaror qilingan.

Qutqaruvchilar tashqariga avval ma'lum qilingandek 6 bolani emas, 4 bolani olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Birinchi bo‘lib eng ko‘p holdan toygan bolalarni olib chiqishga qaror qilingan.  

Ma'lum qilinishicha, qutqaruv amaliyotida 90 ga yaqin, jumladan, 50 xorijlik g‘avvos ishtirok etmoqda.

The Independent nashrining yozishicha, bolalarga g‘ordan chiqish uchun 4,5 kmcha yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Hozirda bolalar 10 kvadrat metrdan kichikroq quruq joyda o‘tirishibdi, biroq yaqin orada hududda kuchli yomg‘irlar kutilmoqda va suv sathi yanada ko‘tarilib, havo bor joy yanada kamayishi mumkin.

Mavzuga oid