Jamiyat | 10:00 / 10.07.2018
18423
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi ishga taklif etadi

Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi ishga taklif etadi. Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- yoshi 18-30 yoshdagi fuqarolar;

- oliy ma'lumotli (iqtisodiy, moliyaviy, yuridik, buxgalteriya, bank, bojxona ishi, soliq, xalqaro munosabatlar, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar);

- harbiy xizmatni o‘tagan (harbiy kafedra, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi);

- Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan;

- chet va rus tillarini biladigan;

- respublikaning har qanday chegara hududlarida xizmatni davom ettirish shartiga tayyor.

Shuningdek, o‘rta-maxsus ma'lumotga ega kinolog, veterinar, it o‘rgatuvchi hamda zootexniklar ham ishga taklif etiladi.

Nomzodlar har kuni soat 9.00 dan 18.00 ga qadar Toshkent viloyati boshqarmasining Kadrlar bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Darhontepa ko‘chasi, 7-a uy.

Mo‘ljal: Novomoskovskiy ko‘chasi, “Akfa shokolad” zavodi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun telefon: (0-371) 120-86-14.

Nomzodlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkaziladi. Davlat bojxona qo‘mitasi veb portaliga nomzodlarga berilishi mumkin bo‘lgan savol-javoblar qo‘llanmasi joylashtirilgan. 

Nomzodning yonida pasport, diplom va harbiy guvonomalarining asli bo‘lishi shart.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid