Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR yetakchisining samolyoti Vladivostok aeroportida bo‘lmagan
Vladivostok xalqaro aeroporti 9 iyul kuni KXDRdan parvoz qilgan samolyotlarni qabul qilgani yo‘q. Pxenyandan haftalik reysni amalga oshiruvchi havo layneri bundan mustasno. TASS agentligi xalqaro aeroport axborot xizmatiga asoslangan holda shunday xabar qilmoqda.
"KXDRning xabarda aytilgan samolyoti kecha Vladivostok aeroportida bo‘lgani yo‘q. Bu har holda xato. Kecha (9 iyul) Shimoliy Koreya samolyotlaridan Air Koryo aviakompaniyasining R-885 reysi bo‘ldi. U dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi", - degan matbuot xizmati vakili.
Avvalroq, J.Koreyaning Yonhap agentligi KXDR yetakchisi Kim Chen In samolyoti 9 iyul kuni Vladivostok aeroportida kuzatilgani haqida xabar tarqatgan edi.
KXDR elchixonasi ham bu xabarni tasdiqlamadi.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025