Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi kar-soqovlar madaniyat markazi to‘liq ta'mirlandi
Toshkent shahar hokimligi ko‘makligida 10 kun davomida kar-soqovlar madaniyat markazida umumiy maydoni 39 208 kv.m'ga teng bo‘lgan hudud butunlay ta'mirlandi. Hokimlik matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turli xil to‘garak uchun mo‘ljallangan xonalar zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan darajada ta'mirlandi, 450 kishi uchun mo‘ljallangan konsertlar zali esa butunlay qayta jihozlandi.
Sog‘lom hayot tarzini ommalashtirish va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida sport maydonchalari yangilandi hamda umumiy maydoni 1800 kv. m'dan ortiq bo‘lgan futbol maydoni barpo etildi.
Ta'kidlash joizki, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 11 iyunda qabul qilingan "Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta'minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan kar-soqovlar madaniyat markazida yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, to‘qimachilik korxonasi barpo etildi va markazdagi 100 dan ortiq ayollar ish bilan ta'minlandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025