Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti sirtqi bo‘limiga qabul boshlandi
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2 ta yo‘nalish: Bosma OAV jurnalistikasi va Teleradiojurnalistika yo‘nalishlarida sirtqi bo‘lim mavjud bo‘lib, unga hujjatlar qabul qilish boshlangan. Ushbu bo‘limlarga o‘zbek guruhlari uchun 30 ta (15 ta 15 tadan 2 yo‘nalishda) va rus guruhlari uchun 20 ta (10 ta 10 tadan 2 yo‘nalishga), jami 50 ta qabul kvotasi berilgan.
Sirtqi bo‘limga topshirish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
- diplom, ilova (umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi);
- Pasport (asli va nusxasi);
- Tibbiy ma'lumotnoma (086 U);
- Konvert, jild (papka), hujjatlarni mahkamlovchi jild;
- 6 ta surat (3,4x4,5).
Hujjatlar 31 iyulga qadar qabul qilinadi.
Mavzuga oid
09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
20:58 / 02.05.2025
O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinda qoldi
11:48 / 02.05.2025