Bryusselda o‘tayotgan NATO sammitida qanday masalalar ko‘rib chiqilmoqda?
Masalan, NATOga a'zo davlatlarning aksariyati mudofaa uchun xarajatlarni oshirish niyatida, dedi Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yyens Stoltenberg.
Bu haqda u birinchi yalpi yig‘ilish yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida jurnalistlarga ma'lum qilgan.
2008 yili Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida bo‘lib o‘tgan NATO sammitida alyans a'zolari harbiy xarajatlar uchun YaIMning 2 foizi miqdorida mablag‘ ajratish majburiyatini olishgan edi.
«Xarajatlar yuki taqsimoti bo‘yicha milliy rejalarga asoslanib, biz 2014 yilgacha bo‘lgan davrda yana 266 milliard dollar qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini kutmoqdamiz», — dedi NATO bosh kotibi.
2017 yil iyun oyi holatiga blokning 29 a'zosidan mamlakat YaIMning 2 foizidan kam bo‘lmagan mablag‘ ajratgan davlatlar AQSh, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Polsha, Ruminiya va Estoniya bo‘lib turibdi.
11 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan NATO sammiti Iroqda milliy xavfsizlik kuchlarini o‘qitishga ixtisoslashgan noharbiy missiya tuzilishini tasdiqlagan. Unga Kanada boshchilik qiladi.
Sammit davomida NATO Rossiyani provokatsiyalarda ham ayblashga ulgurgan. «Rossiya Federatsiyasi NATO chegaralari oldida provokatsion faoliyat olib bormoqda, jumladan, Kaliningradda raketalar joylashtirib», deyiladi sammit bayonotida.
Alyans sammiti bayonotida, shuningdek, koinot mudofaa va tiyib turish uchun katta ahamiyatga ega ekanligi haqida ham gap boradi.
«NATO mudofaa va tiyib turish uchun katta ahamiyat kasb etadigan, koinot bo‘yicha umumqamrovli strategiya ishlab chiqmoqda», deyiladi sammit bayonotida.
Mavzuga oid
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024