Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyalik mutaxassis O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya fuqarosi Karsten Xayntsni innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari etib tayinlash haqidagi farmonga imzo chekdi.
Vazirlikning xabar berishicha, Xaynts Germaniyadagi energetik soha, xususan, energiya manbalarining yangi turlari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy muassasalarni muvofiqlashtirish, mazkur sohadagi klasterlar ustidan nazorat borasida tajribaga ega.
Ekspert 1991 yildan buyon Germaniya ta'lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tizimida ishlagan, shuningdek, 4 yil davomida Moskvadagi GFR elchixonasining fan va ta'lim bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.
Germaniyaning YeIdagi raisligi davomida (1998-1999 yillar) K.Xaynts YeIning ta'lim qo‘mitasidagi germaniyalik vakili o‘rinbosari bo‘lib ishlagan hamda ta'lim sohasida strategiyalar va boshqaruv dasturlari ishlab chiqish bo‘yicha konferensiya hamda seminarlar tayyorlashda ishtirok etgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025