Sport | 01:47 / 12.07.2018
51067
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Xorvatiya Angliyani yengib, o‘z tarixida ilk bor finalga chiqdi

Foto: Getty Images

Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionati yarim finalida Angliya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, finalga chiqdi. 

Moskvadagi "Lujniki" stadionida kechgan o‘yinning asosiy bo‘limi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limda Manjukich gol kiritib, jamoasini finalga olib chiqdi. 

Shuni ta'kidlash kerakki, Xorvatiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionati finaliga chiqmoqda. 

Fransiya hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da, "Lujniki" stadionida bo‘lib o‘tadi. 

 

JCh-2018. 1/2 final. 
Xorvatiya – Angliya 2:1 (0:1, 1:0, 0:0)

Gollar: 0:1 – 5 Tripper, 1:1 – 68 Perishich, 2:1 – 109 Mandjukich.
Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich (Pivarich, 95), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich (Badel, 119), Rebich (Kramarich, 101), Manjukich (Chorluka, 115).
Angliya – Pikford, Uoker (Vardi, 112), Stounz, Yang (Rouz, 90), Maguayr, Alli, Lingard, Sterling (Reshford, 74), Xenderson (Dayyer, 97), Tripper, Keyn.
Ogohlantirishlar: Manjukich (48), Uoker (54), Rebich (96).

Mavzuga oid