Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zMAA Farg‘onadagi ko‘zi ojiz bolalar kutubxonasiga yordam ko‘rsatadi
2018 yil 12 iyul kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari S.Shukurov Farg‘ona shahridagi Matbuot uyida ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona va kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar, yuridik shaxslarning vakillarini qiziqtirgan savollar, shuningdek, ularning ayrim muammo va takliflarini o‘rganish hamda hal etish uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda o‘nga yaqin masalada murojaatlar ro‘yxatga olinib, ularning yechimi yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilandi, ayrimlari joyida hal qilindi.
Qabul ishtirokchilari hududda bosma ommaviy axborot vositalarini tarqatish sohasidagi muammolar yechimi, noshirlik-matbaa mahsulotlarini tayyorlash, ishlab chiqarish, ularning savdosi va qog‘oz xomashyo bazasi bilan bog‘liq bir qator takliflarni ham bildirishdi.
Xususan, M.Sulaymonovning xususiy sektorga tegishli pochta-tarqatish tashkilotlarining huquqiy mexanizmini bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda takomillashtirish, Sh.Aslonovning viloyat Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan yaratilgan bir necha elektron adabiyotlar – multimedia to‘plamlarini tarqatishga oid murojaatlari o‘rganib chiqildi.
Fuqaro M.Akbarovaning viloyatdagi ko‘zi ojiz bolalar kutubxonasini brayl yozuvidagi kitoblar va elektron adabiyotlar bilan to‘ldirishda Agentlik ko‘magi zarurligi haqidagi murojaati alohida nazoratga olinib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilib, yechimi yuzasidan aniq chora-tadbir belgilandi.
Mavzuga oid
20:46 / 18.04.2025
O‘zbekistonda umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi
12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi
17:09 / 25.01.2025
“O‘zbekistonda bunaqasi bitta”: Marhamatdagi aylana kutubxonaga sayohat
00:09 / 01.09.2024