Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi
Kitobni olgan inson allaqachon olamdan o‘tgan, uni marhumning nabirasi qaytardi.
Nyu-Jyersida yashovchi 81 yoshli Meri Kuper bobosi 1926 yilda kutubxonadan olib kelgan kitobni topib oldi. Ayol kitobni muassasaga qaytardi, deb xabar bermoqda CNN.
Kitob yog‘och, metall va maishiy buyumlardan bolalar o‘yinchoqlarini yasash haqida bo‘lib, u 1911 yilda chop etilgan. Kuperning bobosi uni vafotidan bir yil oldin kutubxonadan olgan. Ayolning taxminicha, bobosi kitob yordamida qizi, ya’ni Merining onasi uchun biror narsa yasamoqchi bo‘lgan.
Meri Kuper kitobni kutubxonaga qaytarishga qaror qilgan. Shu bilan birga u kitob kechiktirilgani uchun jarima to‘lashi mumkinligidan xavotirlangan. Muassasa to‘lov talab qilsa, jarima miqdori 18 ming dollargacha yetishi mumkin edi.
Kitobni ko‘rish uchun kutubxonaning 10 nafar xodimi jamlandi va uning qaytarilganidan nihoyatda mamnunligini bildirishdi. Kitob Toms-Riverdagi esdalik buyumlar ko‘rgazmasining bir bo‘lagiga aylandi, uni barcha tashrif buyuruvchilar tomosha qilishi mumkin.
Avvalroq Yekaterinburg kutubxonasidan 106 yil avval olingan kitob qaytarilgan edi. Mahalliy aholi vakili uni oilaviy buyumlar orasidan topib olgan.
Mavzuga oid
20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi
20:46 / 18.04.2025
O‘zbekistonda umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi
10:29 / 06.02.2025