Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik qiz 60 metrlik qoyadan tushib ketgandan keyin omon qoldi
Amerikalik qiz mashinasi 60 metrlik qoyadan tushib ketgandan bir hafta o‘tgach tirik holda topildi.
Qiz avtomobilda o‘z opasinikiga Portlenddan Los-Anjyelesga jo‘nagan. U Kaliforniya sohillari bo‘yidagi shossedan ketayotganda oldidan chiqib qolgan hayvon bilan to‘qnashmaslik uchun rulni keskin chetga burgan va qoyadan pastga tushib ketgan.
Qizni uning avtomobilini payqagan sayyohlar topishgan. Qiz mashinasi radiatoridagi suvni ichib omon qolishga muvaffaq bo‘lgan. Qiz topilganda o‘z hushida, biroq yelkasi jarohatlangan holda bo‘lgan.
Monterey shahri politsiyasi vakili Jon Tornburgning ta'kidlashicha, qizning omadi chopgan, chunki bunday hollarda odamlar odatda halok bo‘ladilar yoki okeanga oqizilib ketadilar.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
14:52 / 28.02.2025
Xitoyda g‘amgin kuchukchani eslatuvchi qoya topildi. Sayyohlar u bilan suratga tushish uchun itlarini olib bormoqda (foto)
20:14 / 27.01.2025
Kaliforniyada AQSh tarkibidan ajralib chiqish tarafdorlari imzo to‘play boshladi
18:54 / 17.01.2025