Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori kim bo‘lishi ma'lum qilindi
Kelasi oy Jakarta shahrida boshlanadigan Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida Isroil Madrimov O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori bo‘ladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori Isroil Madrimov to‘rt yil oldingi Osiyo o‘yinlarida finalgacha yetib borgan va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritgandi.
Ma'lumot uchun, 2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida ushbu vazifa dzyudochi Rishod Sobirovga ishonib topshirilgandi.
XVIII Osiyo o‘yinlari 18 avgustdan 2 sentabrga qadar davom etadi. Unda sportning 40 turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
01:04 / 23.02.2025
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi
18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
17:39 / 09.12.2024
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi
20:49 / 02.12.2024