Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yandeks» 2018 yil oxiriga qadar «aqlli» uylarni boshqarish qurilmasini ishlab chiqarmoqchi
«Vedomosti» va «Kommersant'» nashrlarining ma'lum qilishicha, «Yandeks» kuz oxirida «aqlli» uyni boshqarishga mo‘ljallangan qurilmasini chiqaradi.
Bu Rossiya kompaniyasining ana shunday ikkinchi qurilmasi bo‘ladi – iyul boshida «Yandeks.Stantsiya» «aqlli» ovozkuchaytirgichi sotuvga chiqarilgandi.
Kompaniya ushbu qurilmani Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga olib kirish uchun ruxsatnoma olgan.
«'» manbasining ma'lum qilishicha, qurilma «Yandeks.Modul» deb nomlanadi va «Megafon»ning Life Control «aqlli» qurilmasiga o‘xshab ketadi. Qurilma «Yandeks.Stantsiya» funksiyalariga asoslangan bo‘lib, Google Home qurilmasini eslatadi. «Yandeks» vakili esa bu xabarni rad etdi va ro‘yxatga olingan qurilma «aqlli» uy qurilmasiga mansub emasligini bildirdi.
Mavzuga oid
14:30 / 17.10.2024
Apple kelajak aqlli uylarini yaratishga kirishdi: u qanday bo‘ladi?
18:53 / 05.02.2024
"Yandeks" qayta shakllantirilgandan keyin xususiy kompaniya sifatida qoladi
10:44 / 29.12.2023
Latviyada «Yandeks» bilan bog‘liq saytlarga kirish bloklandi
15:12 / 27.12.2023