Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailanddagi g‘ordan qutqarilgan bolalarga uylariga qaytishga ruxsat berildi
Foto: REUTERS
Tailandda 2 haftadan ko‘proq vaqt g‘orda qolib ketgan va qutqarilganlaridan keyin Chiangray shahrida karantinda bo‘lgan 12 o‘smir va ularning murabbiyiga 18 iyul kechki payt “Tailand, olg‘a bor” teleko‘rsatuvidan oldin shifoxonadan chiqishlariga ruxsat beriladi. Ular bu ko‘rsatuvda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
Avvalroq bolalar shifoxonadan 19 iyulda chiqarilishlari ma'lum qilingan.
Ko‘rsatuvda, shuningdek, bolalarning oila a'zolari, ularni qutqarishda ishtirok etgan g‘avvoslar va davolagan shifokorlar ishtirok etishadi. Ular Txam Luang g‘orida 23 iyundan 10 iyulgacha kechgan barcha voqealar haqida so‘zlab berishadi.
Ko‘rsatuv mamlakatning barcha telekanallari orqali davlat madhiyasi yangragach, mahalliy vaqt bilan soat 18.00da boshlanishi belgilangan.
Mavzuga oid
23:57 / 02.05.2025
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
19:45 / 28.04.2025
Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi
17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:02 / 18.04.2025