O‘zbekiston armiyasida ixcham gravitatsion nishonlardan foydalanish boshlandi
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli “Nuriston” dala-o‘quv maydonida 2018—2019 o‘quv yilida “Jangovar tayyorgarlikni tashkillashtirishda innovatsion yondashuv, qo‘shinlarda jangovar imkoniyat sifatini oshirish” shiori ostida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dala o‘quv maydonida shaxsiy tarkibning otish tayyorgarligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini, bu yo‘nalishdagi mashg‘ulotlar sifatini yanada oshirish maqsadida yangi turdagi nishonlar tayyorlanib, sinovdan o‘tkazildi. Otish tayyorgarligi mashg‘ulotlarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan yangi nishon namunalari Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida keng joriy etiladi.
“Maxsus bo‘linmalar harbiy xizmatchilari uchun garovga olingan shaxs ortidagi dushmanni yo‘q qilishga mo‘ljallangan tebranuvchi va suriluvchi, bir nechta elementlardan iborat avtomatik, yaqin masofada pistoletdan otish uchun yarim avtomatik, aniqlikni oshiruvchi katakchali, merganlar uchun maxsus ovoz chiqiruvchi va transportirovka uchun mo‘ljallangan ixcham gravitatsion nishonlar bugungi kunda to‘liq sinovdan o‘tkazildi. Dala-o‘quv maydonidagi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan qurilmalar o‘zning har tomonlama qulay va samaradorligi bilan ajralib turadi”, — deydi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari Jamshid Karimov.
Endilikda mazkur namunalardan otish kurslarida, nazorat o‘q otish mashg‘ulotlarida keng foydalanish rejalashtirilgan. Ilg‘or mamlakatlar armiyalarini o‘rganish, ularni tahlil qilish, yangiliklarni mudofaa tizimiga joriy etish keng qo‘llanilmoqda.
Bir qarashda oddiy ko‘ringan ushbu qurilmalar qo‘l mehnatidan unumli foydalanish, ilg‘or tajribalarni hayotga tatbiq etish, izlanish natijasida tayyorlanayapti. Bu singari qurilmalar u qadar katta mablag‘ yoki kuchni talab etmaydi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu nishonlardan ma'lum muddat foydalanish va harbiy xizmatchilarning yangilikka munosabatlarini o‘rganish orqali uni yanada takomillashtirish, yangi elementlar bilan boyitish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid

09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari

16:55 / 22.01.2025
Harbiy-strategik hamkorlik dasturi va 50 ta qo‘shma tadbir - Rossiya mudofaa vazirining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari

12:38 / 05.01.2025
Foto: Toshkentda harbiy bo‘linmalar G‘alaba bog‘idan shahar markaziga qarab bayramona marsh o‘tkazdi

01:39 / 01.01.2025