Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tojikistonda yangi maktab quradi
O‘zbekiston So‘g‘d viloyatida yangi umumta'lim maktabini qurishni rejalashtirmoqda. Maktab Spitamen tumanida joylashadi. Bu haqdagi bitim O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangan.
Qurilish rejasiga ko‘ra, maktab 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan, deb xabar berdi «SugdNEWS» axborot agentligi.
Tojikiston arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi Jamshed Ahmadzodaning aytishicha, Spitamen tumanida maktab qurilishidan tashqari, Xatlon viloyatining Qubodiyon tumanida 200 o‘rinli shifoxona qurilishi ham rejalashtirilgan.
Spitamen tumani ma'muriyati o‘zbekistonlik mutaxassislarga qurilish uchun bir nechta joy taklif etilgan. Ammo hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Qayd etish joizki, Tojikiston Samarqand shahrida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab binosi qurishi haqida ma'lum qilgandi. Shuningdek, Tojikiston tomoni Farg‘ona viloyatida bitta maktabgacha tarbiya muassasasi qurishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024