Jahon Banki O‘zbekiston xalq ta'limi tizimidagi islohotlarga 30 million dollar ajratdi
Joriy yilning 18 iyul kuni Xalq ta'limi vazirligida vazir o‘rinbosari Atabek Nazirov rahbarligida Stefka Slava va Arman Vatyan boshchiligidagi Jahon Banki delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda Jahon Banki ekspertlari xalq ta'limi boshqaruv tizimida mavjud ma'muriy va iqtisodiy muammolar bilan tanishtirildi. Uchrashuvda, shuningdek, ma'muriy va iqtisodiy boshqaruvning shaffof emasligi, byudjyetni rejalashtirish, moliyaviy nazorat, moddiy-texnik ta'minot jarayonlari, qurilish-ta'mirlash ishlari va maktablarni jihozlash, shuningdek, maktablarning muvozanatga solinmagan yuki va korrupsiyaga qarshi kurash kabi muammolarning kompleks yechimi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Jahon Banki 30 million AQSh dollari qiymatidagi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi o‘zining ilk pilot loyihasini ishga tushirdi.
Mazkur loyihaning maqsadi xalq ta'limi tizimida davlat mablag‘lari boshqaruvini, islohotlar va qayta tuzishlarni takomillashtirish bo‘ladi.
Loyiha konsepsiyasi qisqa muddatda ishlab chiqilib, Xalq ta'limi vazirligi rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish uchun Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi va Jahon Banki vakillaridan iborat ekcpert ishchi guruhi tashkil etiladi.
Loyihaning ishga tushirilishi 2019 yilning yanvar oyida boshlanib, uni amalga oshirishga taxminan 4 yil vaqt ketadi.
Mavzuga oid
19:02 / 14.09.2024
Jahon banki Orol dengizini saqlashning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi
23:19 / 21.06.2024
O‘zbekiston karbon dioksidi chiqindilarini kamaytirgani uchun Jahon Bankidan 7,5 mln dollar oldi
11:05 / 07.12.2022
“Xalq ta’limida bugungi qilinayotgan ishlarning natijasini 5-10 yildan keyin ko‘ramiz” - Baxtiyor Saidov
10:13 / 07.12.2022