Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilmiy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yadro fizikasi institutida Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan muloqot qildi.
«Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilayotgani, keyingi bir yilda prezidentning sohaga doir 11 farmon va qarori qabul qilingani qayd etildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Lekin fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya past darajada qolayotgani, ilmiy izlanishlar yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmayotgani tanqid qilingan.
«Har bir ilmiy ishga mahsulot sifatida qaralishi, uning xaridori oldindan aniq bo‘lishi kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari ilmiy ishlanmalarning amaliyotga tatbiq etilishini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar grant ajratilishi, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarining oylik maoshlari bir necha barobar oshirilishini ma'lum qildi.
Uchrashuvda bu boradagi ishlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, ilmiy ishlanmalar yaratish va sohaga tatbiq etish masalalari to‘g‘risida fikr almashildi.
Bundan avvalroq «O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingani, Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
18:33 / 05.02.2024
Prezident Parij-2024 o‘yinlaridagi natijalar tarixdagi eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralar ko‘rishni buyurdi
18:30 / 05.02.2024
Dorilar bepul ajratilsa-da, bemorlar ularni dorixonadan 10 barobar qimmat sotib olmoqda - prezident
18:13 / 05.02.2024