Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchining tajribasizligi sabab yuz bergan avtohalokatda ikki kishi halok bo‘ldi
Jizzax viloyatining Zomin tumanida 20 iyul kuni “Qayirma” mahallasida yashovchi E.T. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani “Dashtobod-Zomin-Baxmal-G‘allaorol” avtomobil yo‘lining 62-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan fuqaro M.M. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Natijada E.T. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi, uning birga yashagan otasi M.R. va M.M. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi, Jizzax shahrida yashagan S.M. tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lganlar.
Mavzuga oid
16:51 / 27.05.2025
Zominda sel avtomobil yo‘lini qum-tosh bilan yopdi
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025