Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar umrni uzaytiradigan mahsulotni aytishdi
Baliq va tarkibida yarim to‘yingan omega-3 yog‘ kislotalari bo‘lgan mahsulotlarni iste'mol qilish umrni uzaytiradi, deb ma'lum qildi xitoylik olimlar.
Tadqiqotchilar 16 yil davomida parhezda bo‘lgan 240 ming erkak va 180 mingdan ortiq ayolni kuzatib borishdi, deb yozadi Journal of Internal Medicine. Tadqiqot qatnashchilari har kuni oz miqdorda baliq iste'mol qilishgan.
Qayd etilishicha, muntazam ravishda baliq iste'mol qiladigan erkaklarda tomir kasalliklari o‘n foizga va jigar kasalliklari 37 foizga kamroq uchraydi. Bundan tashqari, har kuni baliq iste'mol qilgan ayollarda Altsgeymer kasalligiga chalinish xavfi 38 foizga kamayadi.
Tadqiqotchilarning fikricha, muntazam ravishda baliq yeyish onkologik va nafas yo‘llari kasalliklaridan vafot etish ehtimolini kamaytiradi.
Mutaxassislarning qayd etishlaricha, baliq qovurilganida o‘zining aksariyat foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.
Shuningdek, zig‘ir urug‘i, ismaloq, kartoshka va dengiz mahsulotlari ham yarim to‘yingan omega-3 yog‘ kislotalari manbai hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:21 / 26.06.2019
Xivada «Baliq taomlari festivali» o‘tkazildi
11:06 / 13.10.2018
Sug‘orish tarmoqlarida baliq yetishtirish shartlari belgilanadi
12:48 / 04.10.2018
Baliqning qaysi turi eng foydali hisoblanadi?
13:18 / 03.09.2018