O‘zbekiston | 11:06 / 13.10.2018
8949
4 daqiqa o‘qiladi

Sug‘orish tarmoqlarida baliq yetishtirish shartlari belgilanadi

Foto: UzA

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida qishloq xo‘jaligi vazirining “Sug‘orish tarmoqlari (kanallar)da baliq yetishtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.

Sug‘orish tarmoqlari (kanallar)da baliq yetishtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, sug‘orish tarmoqlari (kanallar)da baliq yetishtirishda quyidagilar hisobga olinishi shart:

sug‘orish tarmog‘ida xar bir davrlarda suv ta'minotining miqdori;

sug‘orish tarmoqlari (kanallar)da baliq yetishtirish tadbirlari sug‘orish tarmog‘ini texnik holatiga va suv oqimiga ta'sir ko‘rsatmasligi;

sug‘orish tarmoqlari (kanallar)da baliq yetishtirishda sug‘orish tarmog‘ida yillik rejalashtirilgan ta'mirlash ishlari;

sug‘orish tarmoqlari (kanallar)da baliq yetishtirish uchun o‘rnatilgan moslamalar suv oqimiga ta'sir ko‘rsatib, suv toshishi va avariya holatlarini keltirib chiqarmasligi;

sug‘orish tarmoqlari (kanallar)da baliq yetishtirish tadbirlari sug‘orish tarmog‘iga bog‘langan ekin maydonlarini sug‘orish suvi bilan ta'minlashga ta'sir etmasligi.

Sug‘orish tarmoqlari (kanallar)da baliqlarni qafas va o‘ralgan joylarda boqish quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi:

sug‘orish tarmoqlari (kanallar)da qafaslar alohida, seksiyali va panton ko‘rinishida bir-biriga ulangan holda o‘rnatilib, qirg‘oqqa mustahkamlanadi;

sug‘orish tarmoqlari (kanallar)ning kengligi va oqim tezligiga qarab har xil hajmda, shaklda (to‘rtburchak, dumaloq, olti qirra, sakkiz qirra va h.k.) qafaslar qo‘yiladi;

baliq chavoqlarini tabiiy ozuqa bazasi yetarli bo‘lgan kanallarda yetishtirishda baliq o‘stirilishi mo‘ljallangan suvning gidrokimyoviy holati o‘rganilgandi;

baliq chavoqlarini sug‘orish tarmoqlari (kanallar)ga tashlashdan oldin birinchi navbatda baliq turgan suv va baliq tashlanayotgan suvning harorati 15-20 daqiqa davomida bir biriga tenglashtiriladi.

Sug‘orish tarmoqlari (kanallar)da baliq yetishtiruvchi tadbirkorlik sub'yektlari quyidagilar:

sug‘orish tarmoqlari (kanallar) qirg‘oqlariga ta'sir etuvchi qazish, qurish ishlarini olib bormasligini va qirg‘oqni o‘z holida saqlanishini;

sug‘orish tarmoqlari (kanallar)iga o‘rnatilgan nasos stansiyalari, ulardagi damba, akveduk, dyuker, quvurli o‘tkazgichlar va boshqa shu kabi gidrotexnik inshootlar orasidagi masofa 100 metrdan kam bo‘lmasligini;

sug‘orish tarmoqlari (kanallar) bo‘ylarida texnikalar harakatlanishi uchun  inspektorlik yo‘llarini to‘sib qo‘yilishini oldini olish choralarini ko‘rish;

sug‘orish tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan texnik shartlar olishlari va ushbu texnik shartlar asosida qafas moslamalarini o‘rnatishlari;

foydalanayotgan joyini sanitariya va ekologiya qoidalariga mos ravishda saqlanishini;

baliq yetishtirish mavsumi tugashi bilan sug‘orish tarmoqlari (kanallar)ga o‘rnatilgan qafaslarni yig‘ishtirib olinishini ta'minlashi shart.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid