Daily Mail Roberto Karlosga tuhmat qilgani uchun tovon puli to‘laydigan bo‘ldi

Foto: Getty Images
Britaniyaning Daily Mail nashri Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Roberto Karlosga doping qo‘llashdagi ayblovdan keyin yetkazgan ziyoni uchun tovon puli to‘laydigan bo‘ldi.
“Roberto Karlos nashrimiz tomonidan natijalarni yaxshilash uchun, jumladan Braziliya 2002 yilda jahon chempioni bo‘lgan vaqtda taqiqlangan vositalarni qo‘llaganlikda xato ayblangan. Biz yetkazilgan ma'naviy zarar uchun kechirim so‘raymiz. Biz unga shu sababli yetkazilgan ziyonni to‘lab berishga tayyormiz”, deyilgan nashr xabarida.
2017 yilda nashr ARD nemis telekanali jurnalisti Xayo Zeppelt filmi asosida Karlosni doping qo‘llashda xato ayblagan. Shundan keyin Butunjahon doping agentligi (VADA) sportchiga qarshi tergov boshlagan.
Karlos faoliyatini 2015 yilda yakunlagan. U Braziliya terma jamoasi safida 2002 yilgi jahon chempioni bo‘lgan va “Real” safida 3 marta Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid

17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi

18:41 / 22.10.2024
Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli jazolandi

19:08 / 07.08.2024
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi

22:06 / 26.07.2024