Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyat byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tumanlarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda
Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi vakillari Oltiariq tumanida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Soha vakillari muloqot davomida pensiya ta'minoti bilan bog‘liq ko‘plab savollarga batafsil javob berdilar.
Shaharning turli hududlaridan yashovchi aholi vakillari, mahalla fuqarolar yig‘ini ma'sul xodimlari tomonidan berilgan – “Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslarning mehnat faoliyati davri ham ish stajiga kiradimi?”, “Yoshga doir pensiyaga chiqqandan so‘ng ishlagan davri pensiya miqdorini qayta hisoblashda inobatga olinadimi?”, “Yetarlicha ish stajiga ega bo‘lsada, pensiya miqdori kam belgilanishiga sabab nima?” kabi pensiya va nafaqa oluvchilarning ko‘plab savollariga boshqarma boshlig‘i Mamadolim Sattorov javob berdi. Yig‘ilganlarga pensiya ta'minotiga oid videolavhalar namoyish etildi. Uchrashuvda muammolar va fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalar muhokama qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining ma'sul xodimlariga topshiriqlar berildi.
Mana shunday ochiq muloqotlar belgilangan reja asosida viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
16:36 / 20.05.2025
Yoshga doir pensiya «proaktiv» shaklda, fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi
12:13 / 06.05.2025