Hindiston koinot qurilmalari uchun quyosh batareyalari ishlab chiqarishi ma'lum qilindi
Hindiston AQShda koinot qurilmalari uchun quyosh batareyalari panellarini ishlab chiqarish texnologiyasini xarid qildi va bu batareyalarni mustaqil ravishda ishlab chiqarmoqchi. The Times of India nashrining ma'lum qilishicha, bu milliy koinot dasturini rivojlantirishdagi navbatdagi qadamdir.
“Bugun biz to‘liq AQSh importiga bog‘liqmiz. Hozirdayoq bu quyosh batareyalarini ulgurji sotib olishda ba'zi cheklovlarga duch kelmoqdamiz. Agar bu muhim qismlarning importi biror sababga ko‘ra to‘xtab qolsa, unda bizning sun'iy yo‘ldosh dasturimiz boshi berk ko‘chaga kirib qoladi. Importdan bog‘liqlikni kamaytirish uchun biz quyosh batareyalarni shu yerda ishlab chiqarishga qaror qildik”, deb aytgan Hindiston koinot tadqiqotlari tashkiloti rahbari Kaylasavadiva Sivan. Uning ta'kidlashicha, sun'iy yo‘ldoshni ishlab chiqarish uchun 1,5 mingtadan 10-15 mingtagacha quyosh batareyasi talab etiladi. Bu batareyalarsiz esa sun'iy yo‘ldosh tezda koinot chiqindisiga aylanadi.
Nyu-Dehli milliy koinot dasturini faol rivojlantirmoqda. 2017 yilda hind sun'iy yo‘ldoshlarining uchirilishini 2 barobarga ko‘paytirish va yaqin 5 yilda koinotga 60 ta qurilma olib chiqish rejalashtirilayotgani ma'lum qilingan. Hindiston 2017 yilda koinot tadqiqotlariga xarajatlar bo‘yicha AQSh, Xitoy, Rossiya va Yaponiyadan keyin 5-o‘ringa ko‘tarilib olgan.
Mavzuga oid
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
19:27 / 13.11.2024